Maxfiylik siyosati
VMI xizmatlarida shaxsga doir ma'lumotlar qanday qayta ishlanishi haqida: zal xodimlari uchun VMI Pro ilovasi, zalga qatnovchilar uchun «VMI — fitnes» ilovasi va vmi.uz sayti.
Tahrir sanasi: 2026-yil 27-oktabr
Ma'lumotlarni kim qayta ishlaydi
VMI (Visit Manager) xizmatlarini WHALE INDUSTRIES MChJ (Toshkent) ishlab chiqadi va qo'llab-quvvatlaydi — bundan keyin «VMI» yoki «biz». Shaxsga doir ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi O'RQ-547-son Qonuniga muvofiq qayta ishlaymiz.
Fitnes-klublar o'z mijozlari hisobini Visit Manager CRM tizimida yuritadi. Klub CRM tizimidagi mijoz ma'lumotlari — kartochka, abonementlar, tashriflar, to'lovlar, yuz orqali kirish uchun surat — klubga tegishli: u ularning egasi va nimani saqlash va qanday foydalanishni o'zi hal qiladi. VMI bu ma'lumotlarni operator sifatida — klub topshirig'i bilan va faqat xizmat ishlashi uchun qayta ishlaydi.
Siyosat ikki qismdan iborat: VMI Pro ilovasi (zal xodimlari) va «VMI — fitnes» ilovasi (zalga qatnovchilar) uchun. Yuz orqali kirish surati va Face ID haqida batafsil — Biometrik ma'lumotlarni qayta ishlash siyosatida: vmi.uz/biometrics.
VMI Pro — zal xodimlari uchun
VMI Pro mobil ilovasi (Android: uz.vmi.vmi_pro, iOS: uz.vmi.vmi-pro) — fitnes-klub egalari, administratorlari va murabbiylari uchun.
1. Kirish
Ushbu qism VMI Pro mobil ilovasi foydalanuvchilarining ma'lumotlarini VMI qanday to'plashi, ishlatishi va himoya qilishini tavsiflaydi.
Ilovadan foydalanish orqali siz Siyosatning ushbu qismi shartlariga rozilik bildirasiz.
2. Qanday ma'lumotlarni to'playmiz
- Akkaunt ma'lumotlari: ism, telefon raqami, elektron pochta manzili, parol (shifrlangan holda saqlanadi).
- Fitnes faoliyati: fitnes-klubga tashriflar, mashg'ulotlar, abonementlar va jadval haqidagi yozuvlar.
- Suratlar: profil surati va siz ixtiyoriy yuklagan rasmlar.
- Joylashuv ma'lumotlari: faqat sizning ruxsatingiz bilan — klublarni topish va tashriflar bilan bog'liq funksiyalar uchun.
- Texnik ma'lumotlar: qurilma modeli, OT versiyasi, xatoliklar diagnostikasi.
3. Ma'lumotlardan qanday foydalanamiz
- Ilovaning asosiy funksiyalarini taqdim etish: tashriflar hisobi, abonement va jadvalni boshqarish.
- Foydalanuvchini identifikatsiya qilish va akkaunt xavfsizligini ta'minlash.
- Foydalanuvchilarni qo'llab-quvvatlash.
- Ilova barqarorligi va sifatini yaxshilash (xatoliklar diagnostikasi).
4. Ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga berish
Biz shaxsiy ma'lumotlarni sotmaymiz va reklama maqsadida uchinchi shaxslarga bermaymiz. Ilovada reklama yo'q.
- Akkauntingiz biriktirilgan fitnes-klubga — tashriflar va abonementlar hisobi uchun zarur hajmda.
- Bizning topshirig'imiz bo'yicha ishlaydigan infratuzilma provayderlariga (hosting, ma'lumotlarni saqlash).
- Davlat organlariga — faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda.
5. Ma'lumotlarni saqlash va himoya qilish
Ma'lumotlar himoyalangan kanallar (TLS) orqali uzatiladi va cheklangan kirish huquqiga ega serverlarda saqlanadi.
6. Akkauntni o'chirish va saqlash muddati
Akkauntni va unga bog'liq ma'lumotlarni ilova sozlamalarida yoki ro'yxatdan o'tishda ko'rsatilgan telefon raqami yoki pochta manzilidan [email protected] ga so'rov yuborish orqali o'chirishingiz mumkin.
Akkaunt o'chirilgandan so'ng shaxsiy ma'lumotlar 30 kun ichida o'chiriladi yoki anonimlashtiriladi (qonun bo'yicha saqlanishi shart bo'lgan ma'lumotlardan tashqari).
7. Sizning huquqlaringiz
- Shaxsiy ma'lumotlaringiz nusxasini so'rash.
- Noto'g'ri ma'lumotlarni tuzatishni talab qilish.
- Ma'lumotlarni o'chirishni talab qilish.
- Ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilikni qaytarib olish (masalan, qurilma sozlamalarida joylashuvga ruxsatni o'chirish).
8. Bolalar
Ilova 13 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mo'ljallanmagan va biz ularning ma'lumotlarini ataylab to'plamaymiz.
«VMI — fitnes» — zalga qatnovchilar uchun
«VMI — fitnes» mobil ilovasi (Android: uz.vmi.visit_manager_client, iOS: uz.vmi.visitManagerClient) — Visit Manager'da ishlaydigan fitnes-klublar mijozlari uchun: abonement, tashriflar, hamyon va zalga ruxsatnoma telefoningizda.
1. Qanday ma'lumotlarni qayta ishlaymiz
- Telefon raqami — SMS-kod orqali kirish uchun; u akkauntingiz identifikatori.
- Ism va familiya — ixtiyoriy, ularni profilda o'zingiz kiritasiz.
- Interfeys tili va ilovaning boshqa sozlamalari.
- Qurilmalar: platforma (iOS yoki Android), ilova versiyasi va push-token — bildirishnomalarni yetkazish va yangilanishlar haqida eslatish uchun.
- Klublarga bog'lanishlar: qaysi klublarga qatnashingiz va klub CRM tizimidagi mijoz raqamingiz.
- Klub CRM tizimidagi ma'lumotlar: abonement va uning amal qilish muddati, qolgan tashriflar, muzlatishlar, tashriflar tarixi va jadvali, hamyon balansi va bonuslar. Ular klub CRM tizimida saqlanadi; ilova ularni so'rab olib, sizga ko'rsatadi.
- Zalga yuz orqali kirishdagi selfi. U namunaviy surat bilan solishtirish uchun klub CRM tizimiga yuboriladi va VMI'da tekshiruv uchun kerak bo'lganidan ortiq saqlanmaydi. Biz faqat urinishlar jurnalini saqlaymiz: sana, klub, natija va o'xshashlik darajasi — tasvirning o'zisiz.
- Server texnik jurnallari: IP-manzil, so'rovlar vaqti va turi — xavfsizlik va suiiste'mollardan, masalan SMS-kodlarni ommaviy so'rashdan himoyalanish uchun.
Biz geolokatsiya, kontaktlar, mikrofon yozuvlari va reklama identifikatorlarini yig'maymiz. Agar ilova qulfini yoqqan bo'lsangiz, Face ID va barmoq izini iOS yoki Android tizimining o'zi tekshiradi — na ilova, na VMI qurilmaning biometrik ma'lumotlarini olmaydi.
2. Telefondagi ruxsatlar
- Kamera — yuz orqali kirishda selfi uchun. Usiz QR-ruxsatnoma ishlayveradi.
- Bildirishnomalar — push-xabarlar uchun. Ularni telefon yoki ilova sozlamalarida o'chirib qo'yish mumkin.
- Face ID yoki barmoq izi — faqat ilova qulfini profilda o'zingiz yoqqan bo'lsangiz.
3. Ma'lumotlarni nima uchun qayta ishlaymiz
- Akkauntga kirish va uni begona kirishdan himoya qilish.
- Siz qatnaydigan klublardagi abonement, tashriflar, hamyon va bonuslarni ko'rsatish.
- Zalga QR-kod yoki yuz orqali kirish — klub qoidalariga ko'ra.
- Xizmat va klubingizdan bildirishnomalar, masalan abonement muddati haqida.
- Qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaatlarga javob berish.
- Xizmat xavfsizligi: SMS-kodlar yuborish va kirishga urinishlar sonini cheklash.
Biz shaxsga doir ma'lumotlarni sotmaymiz, reklama ko'rsatmaymiz va ma'lumotlarni reklama uchun bermaymiz.
4. Huquqiy asos
Akkaunt ma'lumotlarini qayta ishlash asosi — «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonunga (O'RQ-547) ko'ra sizning roziligingiz. Uni kirish ekranida «Kodni olish» tugmasini bosib, Foydalanish shartlari va ushbu Siyosatni qabul qilganingizda berasiz.
Klub CRM tizimidagi ma'lumotlarni VMI klub topshirig'i bilan qayta ishlaydi. Ularni qonuniy yig'ish va roziligingizni olish uchun klub javobgar.
Rozilikni istalgan vaqtda qaytarib olishingiz mumkin: akkauntni o'chiring (pastga qarang) yoki [email protected] manziliga yozing.
5. VMI va klubingiz: kim nima uchun javob beradi
- VMI ilovadagi akkauntingizni yuritadi: telefon, ism, sozlamalar, qurilmalar, klublarga bog'lanishlar. Bu ma'lumotlar uchun biz javobgarmiz.
- Klub — o'z mijozi sifatida siz haqingizdagi ma'lumotlarning egasi: CRM'dagi kartochka, abonementlar, tashriflar, to'lovlar, hamyon, yuz orqali kirish uchun namunaviy surat. Klub CRM tizimi Visit Manager platformasida ishlaydi va VMI bu ma'lumotlarni klub topshirig'i bilan qayta ishlaydi. Nimani saqlash, qancha muddat va kimga ko'rsatishni klub hal qiladi.
- Klub ilovada sizning telefon raqamingizga o'zi taklif yuborganida paydo bo'ladi.
6. Ma'lumotlarni kimga beramiz
- Klubingizga — xizmat ko'rsatish uchun keraklisi: kirish belgisi, yuz orqali kirishda solishtirish uchun selfi, abonementni muzlatish so'rovlari.
- Eskiz (O'zbekiston) — telefon raqami va kirish kodi yozilgan SMS matni.
- Google Firebase Cloud Messaging (Google LLC) — push-token va bildirishnoma matni, uni telefoningizga yetkazish uchun. Google serverlari O'zbekistondan tashqarida joylashgan bo'lishi mumkin.
- Hosting-provayderga — xizmat ishlaydigan serverlar egasi bo'lgan kompaniyaga, biz bilan tuzilgan shartnoma asosida.
- Davlat organlariga — faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda.
7. Ma'lumotlarni qanday himoya qilamiz
Ma'lumotlar faqat himoyalangan ulanish (HTTPS) orqali uzatiladi. Akkauntga kirish kalitlari telefonda tizimning himoyalangan xotirasida saqlanadi. Serverlar va ma'lumotlar bazalariga faqat xizmat ishlashi uchun zarur bo'lgan xodimlar kira oladi.
iOS'da kirish ma'lumotlari ilova o'chirilgandan keyin ham tizim xotirasida qolishi mumkin. To'liq chiqish uchun ilovani o'chirishdan oldin profilda «Chiqish»ni bosing.
8. Saqlash muddatlari
- Akkaunt ma'lumotlari — akkaunt mavjud ekan.
- Push-token — shu qurilmada akkauntdan chiqmaguningizcha yoki akkauntni o'chirmaguningizcha.
- Yuz orqali kirishga urinishlar jurnali — akkaunt mavjud ekan.
- SMS-kod 5 daqiqa amal qiladi; kirishga urinishlar hisoblagichlari bir kundan ortiq saqlanmaydi.
- Klub CRM tizimidagi ma'lumotlar — klub qoidalariga ko'ra.
9. Akkauntni o'chirish
Ilovada: Profil → Akkauntni o'chirish → tasdiqlang. Yoki [email protected] manziliga yozib, akkaunt telefon raqamini ko'rsating — raqam sizniki ekanini tasdiqlashni so'rashimiz mumkin.
O'chirilgandan so'ng darhol ism va sozlamalarni o'chiramiz, barcha klub va qurilmalarni ajratamiz, bildirishnomalar va yuz orqali kirish jurnalini o'chiramiz, barcha seanslarni yakunlaymiz. Telefon raqami o'chirilgan yozuvda qoladi — shu raqam bilan qayta kirganda akkaunt dublikati paydo bo'lmasligi uchun. Uni ham o'chirish kerak bo'lsa, bizga yozing: qonun saqlashni talab qilmasa, o'chiramiz.
Abonementlar, tashriflar tarixi, to'lovlar va namunaviy surat klub CRM tizimida saqlanadi va akkauntni o'chirish ularni o'chirmaydi. Ularni o'chirish uchun klubga murojaat qiling.
10. Sizning huquqlaringiz
- Qaysi ma'lumotlaringiz qayta ishlanayotganini bilish va ularning nusxasini olish.
- Noto'g'ri ma'lumotlarni tuzatish: ismni — profilda, qolganini — biz yoki klub orqali.
- Ma'lumotlarni o'chirishni yoki qayta ishlashni to'xtatishni talab qilish.
- Qayta ishlashga rozilikni qaytarib olish.
- Harakatlarimiz ustidan shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha vakolatli davlat organiga yoki sudga shikoyat qilish.
Akkaunt ma'lumotlari bo'yicha so'rovlarni [email protected] manziliga yuboring — 30 kun ichida javob beramiz. CRM'dagi ma'lumotlar bo'yicha so'rovlarni klubga yuboring; klub so'rasa, ularni bajarishga yordam beramiz.
11. Bolalar
Ilova 13 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mo'ljallanmagan va biz ularning ma'lumotlarini ataylab to'plamaymiz.
Siyosatga o'zgartirishlar
Biz ushbu Siyosatni yangilashimiz mumkin. Dolzarb versiya doimo shu sahifada, tahrir sanasi yuqorida ko'rsatilgan. Muhim o'zgarishlar haqida ilovada yoki saytda xabar beramiz.
Aloqa
Shaxsga doir ma'lumotlar bo'yicha savollar — [email protected] manziliga. Boshqa aloqa usullari — yordam sahifasida: vmi.uz/support.
Rekvizitlar
WHALE INDUSTRIES MChJ (VMI, Visit Manager brendi)
STIR: 313203546
Toshkent, O'zbekiston Respublikasi
E-mail: [email protected]
Telefon: +998 50 704 70 70
Sayt: vmi.uz